Asosiy qismga o'tish
Chat

Ghost rejimi

Sezdirmasdan o'qing

Xabarlarni o'qisangiz ham, onlayn bo'lsangiz ham, yozayotgan bo'lsangiz ham — suhbatdoshingiz buni bilmaydi.

Novagram o'rnatilgan telefonda shu sozlama ochiladi

Ilovada qanday ko'rinadi

Bosqichma-bosqich: qizil ramka qayerga bosish kerakligini ko'rsatadi.

Sozlamalar → Novagram → Chat → «Ghost rejimi tugmasi»

Sozlamalar → Novagram → Chat → «Ghost rejimi tugmasi»
1 / 3

Foydalari

  • To'liq maxfiylik

    «Ko'rildi» belgisi yuborilmaydi

  • O'z vaqtingizda

    Javobni xohlagan paytda yozing

  • Hikoyalar ham

    Ko'rganingiz bilinmaydi

Qanday yoqiladi

  1. Pastdagi «Sozlamalar» tugmasini bosing.

  2. «Novagram sozlamalari» qatorini bosing (oltin rangli qator).

  3. «Chat» bo'limida «Ghost rejimi tugmasi» ni yoqing.

  4. «Chatlar» ro'yxatiga qayting va tepadagi «‹» strelkani bosing — qo'shimcha tugmalar ochiladi.

  5. Arvoh belgisini bosing.

Natija

Arvoh belgisi binafsha rangga kirsa, Ghost yoqilgan: «ko'rildi», «onlayn» va «yozyapti» yuborilmaydi.

Qadamlar rasmlarda

Har bir rasmda kerakli joy qizil ramka bilan belgilangan. Kattalashtirish uchun bosing.

  1. «Sozlamalar» ni bosing
  2. «Novagram sozlamalari» ni bosing
  3. «Ghost rejimi tugmasi» ni yoqing
  4. Chatlar tepasidagi «‹» strelkani bosing
  5. Arvoh belgisini bosing

Ulashish uchun karta

Imkoniyatni do'stlaringizga tushuntirish uchun tayyor rasm.

WebP, 1800×952Kartani yuklab olish
Ghost rejimi — Novagram kartasi